» » Markaziy harbiy klinik gospitalida 160 bemorga mo‘ljallangan bino qayta foydalanishga topshirildi

Markaziy harbiy klinik gospitalida 160 bemorga mo‘ljallangan bino qayta foydalanishga topshirildi


Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitalining ichki kasalliklar bo‘limi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur binoda yetti oy oldin kapital ta’mirlash ishlari boshlangan edi. Joriy oyda ta’mirlash ishlari yakuniga yetib, kecha, 25-dekabr kuni binoning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Mudofaa vazirligi mas’ul xodimlari, nafaqadagi harbiy xizmatchilar va harbiy shifokorlar ishtirok etdi.

11 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga kapital ta’mirdan chiqqan ichki kasalliklar bo‘limi binosi endilikda bir vaqtning o‘zida 160 bemorni qabul qilib, ularga zarur muolajalarni ko‘rsata oladi.

“Barchamiz yaxshi bilamiz, gospitalimiz Markaziy Osiyoda o‘z o‘rni va mavqeiga ega. Bu yerda yetuk malakali harbiy shifokorlar faoliyat yuritadi. Bugun foydalanishga topshirilayotgan ichki kasalliklar bo‘limi ham tibbiy xizmatga ehtiyoj sezgan harbiy xizmatchilarning sog‘ayib, tezroq jamiyat va armiya safiga qaytishlari uchun o‘z hissasini qo‘shishiga ishonamiz”, – deydi Mudofaa vazirligi tibbiy ta’minot boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Nosirjon Fozilov.

Zamonaviy va ilg‘or texnologiyalar asosida ta’mirdan chiqqan ushbu binoda qishin-yozin bemorlarning mo‘tadil havo iqlimda shifo topishi, sog‘ligini tiklashi uchun qulayliklar yaratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 60) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют