» » Qarshi shahridagi shifoxonada yong‘in chiqdi, uni shifokorlarning o‘zi o‘chirdi

Qarshi shahridagi shifoxonada yong‘in chiqdi, uni shifokorlarning o‘zi o‘chirdi


Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 25-dekabr kuni Islom Karimov ko‘chasida joylashgan 1-sonli asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasining 2-qavatida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in shifokorlar tomonidan o‘chirildi. Oqibatda 2-qavatning 2 kvadrat metr maydoni yonib zarar ko‘rgan va shu shifoxona tarbiyalanuvchisi R.S. kuyish jarohatini olgan.

Surishtiruv ishlari natijasida yong‘in elektr isitish pechi ustiga kiyim-kechaklarni quritish uchun ilib qo‘yilganidan kelib chiqqanligi aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют