» » Toshkent viloyatida Nexia’ni olib qochgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyatida Nexia’ni olib qochgan shaxs ushlandi


Toshkent viloyatida avtomashinani haydab qochgan shaxs ushlandi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Joriy yilning 25-dekabr kuni Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida yashovchi Q.A. IIBga murojaat qilib, shu kuni uyi oldida qarovsiz qoldirgan o‘zining Nexia rusumli avtomashinasini uyida ijarada birga yashovchi, muqaddam sudlangan J.E. haydab qochganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Nurafshon shahar hududidan texnik soz holda topilib, J.E. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют