» » Namanganda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga 47 ta xonadon kaliti topshirildi

Namanganda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga 47 ta xonadon kaliti topshirildi


Namangan viloyatidagi kam ta’minlangan oilalar vakillari va og‘ir ijtimoiy holatga tushib qolgan xotin-qizlarga 47 ta xonadon kaliti topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Irodaxon Qo‘chqorovaga ko‘ra, bunday oilalar va mehnatga layoqatsiz ayollar ro‘yxati yil boshida Respublika ishchi guruhi tomonidan shakllantirilgan. Mustaqillik bayrami arafasida ulardan 90 nafari uy-joy bilan ta’minlangan edi.

— Yangiqo‘rg‘on shaharchasidagi “Vodiy” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uydan 2 xonali xonadon ajratildi. Turmushimdan ajragandan keyin o‘g‘lim Seymanbek bilan ikki singlim va jiyanim qatori ota uyimizda uch xo‘jalik yashab kelayotgandik. Shukr, Yangi yil arafasida o‘zimning uyimga ega bo‘ldim, — deydi Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Gaznon” mahallasida yashovchi ikkinchi guruh nogironi Dilrabo Abdug‘afforova.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют