» » APLda Boxing Day: “Liverpul”, “Man Siti”, “Man Yunayted”, “Chelsi”, “Arsenal” va “Tottenhem” bugun o‘ynaydi

APLda Boxing Day: “Liverpul”, “Man Siti”, “Man Yunayted”, “Chelsi”, “Arsenal” va “Tottenhem” bugun o‘ynaydi


26-dekabr, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasi doirasida 19-tur bahslari boshlanadi.

O‘tgan turda yirik hisobda g‘alaba qozongan “Manchester Yunayted” “Old Trafford”da “Haddersfild” klubini qabul qilsa, Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” esa “Lester” mehmoni bo‘ladi.

APL musobaqa jadvalida yetakchilikni qo‘ldan bermayotgan “Liverpul” jamoasi o‘z uyida “Nyukasl”ni sinovdan o‘tkazadi.

Harri Keyn yetakchiligidagi “Tottenhem” klubi “Uembli” stadionida “Bornmut”ni qabul qiladi. Yuqoridagi barcha o‘yinlar Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Londonning  boshqa bir jamoasi — “Arsenal” “Brayton” maydoniga safar qiladi. O‘yin 22:15 da boshlanadi.

Mauritsio Sarri jamoasi — “Chelsi” safarda “Uotford” bilan bellashadi. O‘yin vaqti tungi 00:30 ga belgilangan.

18-turdan keyin APL musobaqa jadvalidagi holat:

APL

19-tur bahslari

26-dekabr, chorshanba

27-dekabr, payshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют