» » London Olimpiadasi doping-testi natijalari qayta tekshirilishi oqibatida 116 ta musbat ko‘rsatkich aniqlandi, bu — rekord

London Olimpiadasi doping-testi natijalari qayta tekshirilishi oqibatida 116 ta musbat ko‘rsatkich aniqlandi, bu — rekord


2012-yilda Londonda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarining doping-testlarini qayta tekshirish vaqtida 116 ta musbat namunalar topildi. Bu haqda Insidethegames xabar beradi.

Avvalroq qo‘shimcha tekshiruvlardan so‘ng 5 nafar og‘ir atletikachi: ukrainalik Aleksey Toroxtiy (oltin, 105 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda), Ozarbayjondan Valentin Xristov (bronza — 56 kilogrammgacha), 2016-yilgi Olimpiada chempioni Ruslan Nurudinov ( London Olimpiadasida 4-o‘rin, 105 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda), belaruslik Nikolay Novikov (7-pog‘ona, 85 kilogrammgacha) va armanistonlik Meline Daluzyan (14-o‘rin, 69 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda)larning doping-testlari ijobiy natija taqdim etgandi.

Qayta tekshiruvlar 2016-yilda boshlangan va bu kelgusi yillarda ham davom etadi. London Olimpiadasi tarixdagi eng “kir” musobaqa sifatida qayd etildi. Avvalgi rekord Pekin—2008 Olimpiadasida o‘rnatilgandi, o‘shanda 86 ta doping-testi natijalari ijobiy ko‘rinish olgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют