» » A Seriya. “Yuventus” “Atalanta” mehmoni bo‘ladi, “Inter” esa “Napoli” bilan jang qiladi

A Seriya. “Yuventus” “Atalanta” mehmoni bo‘ladi, “Inter” esa “Napoli” bilan jang qiladi


26-dekabr, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasi doirasida 18-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Turning birinchi o‘yinida “Milan” “Frozinone” mehmoni bo‘ladi. Uchrashuvga Toshkent vaqti bilan 16:30 da start beriladi.

Musobaqa jadvalida yetakchilikni mustahkamlagan “Yuventus” safarda “Atalanta” bilan bahs boylaydi. O‘yin 19:00 da boshlanadi.

Rimning “Roma” klubi o‘z uyida “Sassuolo”ni qabul qiladi. O‘yin 22:00 da boshlanadi.

Turning so‘nggi hamda markaziy o‘yini musobaqa jadvalida 2 va 3-o‘rinlarni egallab turgan jamoalar — “Inter” va “Napoli” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. To‘qnashuv tunggi soat 00:30 da o‘tkazilishi belgilangan.

Musobaqa jadvalidagi 17-turdan keyingi holat:

A Seriya

18-tur bahslari

26-dekabr, chorshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют