» » Qozog‘iston prezidenti mamlakat konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazishga zarurat sezmayotganligini bildirdi

Qozog‘iston prezidenti mamlakat konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazishga zarurat sezmayotganligini bildirdi


Qozog‘iston prezidenti mamlakat konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazishga zarurat sezmayotganligini bildirdi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.

“Konstitutsiyada mamlakat asosiy qonuni o‘zgartirilishining ikki varianti belgilab qo‘yilgan. Prezident muhokamalardan so‘ng hujjatni referendumga qo‘yishi yoki parlamentga yuborishi mumkin. Biz ilgari surayotgan islohotlarda davlat va hokimiyat tizimi asoslari o‘zgarmayotganligi, inson huquqlari va erkinliklari cheklanmayotganligini inobatga olib, katta xarajatlarga yo‘l qo‘yish, odamlarni ovora qilishning hojati yo‘q. Shuning uchun ikkinchi variantni tanlashga qaror qildim”, — deya ta’kidladi Nursulton Nazarboyev parlament palatalari qo‘shma yig‘ilishidagi chiqishi chog‘ida.

Qozog‘iston prezidenti deputatlardan qonun loyihasini imkon boricha keyinga surmay, belgilangan tamoyillarga tayangan holda ko‘rib chiqishga chaqirdi. 

Опубликовано: admin (3-03-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют