» » O‘zbekistonda 2019-yildan OTMlarga o‘qishga qabul qilish Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshadimi?

O‘zbekistonda 2019-yildan OTMlarga o‘qishga qabul qilish Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshadimi?


Har bir viloyatda 1 tadan Davlat xizmatlari markazlari (DXM) eksperimental markazlar sifatida tanlanib, ular orqali 31 turdagi xizmat eksperiment, ya’ni sinov tariqasida joriy etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda u yoki bu xizmatni kelgusida barcha Markazlar orqali joriy etishda xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikdir.

“Birgina misol, bu yil Toshkent Davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish xizmati tajriba tariqasida joriy etildi. Bunda misol uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanidan abituriyent Toshkentga kelib ketishi va hujjat topshirishi uchun 1 mln. 500 ming, agar u hamroh bilan keladigan bo‘lsa, 3 mln. xarajat qilishi kerak bo‘lgan.

Biz bularning barchasini inobatga olgan holda, xizmatdan foydalanish tartibini tubdan o‘zgartirib, taqdim etiladigan hujjatlarni qisqartirdik va soddalashtirdik. Natijada 7000 mingdan ortiq yoshlarimiz uzoq va chekka hududlardan Toshkent Davlat yuridik universitetining Qabul komissiyasiga kelmasdan, o‘zi istiqomat qilayotgan hududdagi Davlat xizmatlari markazlari orqali o‘qishga hujjat topshirdi.

Oldimizda turgan eng katta vazifa, bu – 2019-yilning iyun oyidan e’tiboran, respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilishini ta’minlash. Buning uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat test markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan tashkiliy ishlar boshlab yuborilgan”, — deydi O‘zA muxbiri bilan suhbatda Davlat xizmatlari agentligi direktori Xalilillo To‘raxo‘jayev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 19:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 97) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют