» » O‘zbekiston Moskvada VDNXdagi pavilyonni o‘ziga qaytarib olmoqchi

O‘zbekiston Moskvada VDNXdagi pavilyonni o‘ziga qaytarib olmoqchi


Toshkent Moskva bilan O‘zbekistonga Butunrossiya ko‘rgazmalar markazi (VVS) hududidagi pavilyonni qaytarish masalasi bo‘yicha ish olib bormoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov Federatsiya kengashi qo‘mitasining iqtisodiy siyosat bo‘yicha raisi Dmitriy Mezensev bilan bo‘lgan uchrashuvda ma’lum qildi, deb yozadi Sputnik.

“Biz hozir tashqi ishlar vazirligi bilan bizga VDNXda pavilyon ajratish bo‘yicha ish olib bormoqdamiz. Agar yodingizda bo‘lsa, 66-sonli pavilyon O‘zbekistonga tegishli edi. Biz hozir restavratsiya qilib, O‘zbekiston pavilyonini ishga tushirish uchun uni qaytarib olmoqchimiz”, — dedi Asadov. Elchi pavilyon chiroyliligi, milliy an’analarni inobatga olgan holda qurilganini ta’kidlab o‘tdi.

66-sonli pavilyon 1954-yilda arxitektor Stefan Polupanovning loyihasi bo‘yicha qurilgan. Pavilyon binosi g‘o‘za shaklidagi elementlar bilan bezatilgan va o‘zining betakrorligi bilan ajralib turgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют