» » O‘zbekistonda 2019-yildan pensiyalarni hisoblash tartibi o‘zgaradi

O‘zbekistonda 2019-yildan pensiyalarni hisoblash tartibi o‘zgaradi


O‘zbekistonda 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab ish staji va pensiyalarni hisoblash tartibi o‘zgaradi. Mazkur o‘zgarishlar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunda keltiriladi, deya xabar beradi “Turon 24”.

Pensiyalarni hisoblashning yangi hajmi Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini bekor qilish hisobiga o‘zgardi.

Pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqiga, shuningdek, ish haqining natural qismiga:

2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta badallari hisoblanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar;

2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar qo‘shiladi.

Ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan xodimlarning (yakka tartibdagi tadbirkor va u tomonidan yollangan xodimning, dehqon xo‘jaligi va oilaviy tadbirkorlik subyekti a’zosining) pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqining miqdori:

2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallarining miqdoridan;

2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют