» » 16 yoshli Shamsiddin Vohidov dunyoning 1-raqamli shaxmatchisini mag‘lub etdi

16 yoshli Shamsiddin Vohidov dunyoning 1-raqamli shaxmatchisini mag‘lub etdi


26-dekabr, chorshanba kuni Rossiyaning Sankt-Peterberg shahri mezbonligida o‘tayotgan shaxmatning blits va rapid yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempionatining ikkinchi raundi yakunlandi.

O‘zbekistonlik Shamsiddin Vohidov (16 yosh) rapid yo‘nalishidagi bahsda dunyoning ayni damdagi 1-raqamli shaxmatchisi, norvegiyalik Magnus Karlsen ustidan g‘alaba qozondi.

Vohidov musobaqada 188-raqamda saralangandi. Karlsen esa tabiiyki 1-raqamli saralangan sportchi sifatida qayd etilgandi.

Birinchi raund yakunlariga ko‘ra, amerikalik Xikaru Nakamura reytingda yetakchi bo‘lib turibdi. Vohidovning navbatdagi raunddagi raqibi rossiyalik Aleksey Dreyev bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan turda Shamsiddin rossiyalik Stanislav Novikov bilan durang natijasiga rozi bo‘lgandi. Magnus Karlsen esa ukrainalik Adam Tuxayevga imkoniyatni boy bergandi.

Qayd etish joiz, Shamsiddin Vohidov joriy yilning 24-noyabr — 3-dekabr kunlari Turkiyaning Ko‘nya shahrida o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi (16 yoshgacha) tarkibida oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют