» » Ronaldu 5 yil ichida birinchi marta zaxiradan maydonga tushib gol urdi (video)

Ronaldu 5 yil ichida birinchi marta zaxiradan maydonga tushib gol urdi (video)


26-dekabr, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 18-tur bahsida “Yuventus” “Atalanta”ga qarshi safarda bahs olib borib, 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Turin jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsumda birinchi marotaba zaxiradan maydonga tushdi (65-daqiqa) va 78-daqiqada burchakdan uzatilgan to‘pni darvozaga yo‘llab, gol urishga erishdi.

Ronaldu so‘nggi bor bundan besh yil oldin 2013-yil 6-aprelida La Liga doirasida zaxiradan maydonga tushib gol kiritgandi. O‘shanda “Real” az’osi bo‘lgan Krishtianu “Levante” darvozasini ishg‘ol qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют