» » O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti tanlovi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti tanlovi g‘oliblari aniqlandi


Toshkentdagi “Yoshlar ijod saroyi”da O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Tanlovda vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan davlat va jamiyat boshqaruvi sohasi, iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi sohasi, fan-ta’lim va ijtimoiy soha, san’at, madaniyat, jurnalistika va sport sohasidagi 17 ta nominatsiya bo‘yicha 1109 nafar tavsiya etilgan nomzod orasidan 49 nafar iqtidorli yosh qatnashdi.

Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida “Yilning eng yaxshi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi xodimi” nominatsiyasi bo‘yicha Urganch tuman “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi Hamro Jumaniyozov, “Yilning eng faol huquq targ‘ibotchisi” nominatsiyasida bo‘yicha Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi Sadriddin Esonaliyev, “Yilning eng yaxshi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mahalliy kengashi raisi” nominatsiyasida esa Xo‘jayli tuman kengashi raisi Xalila Xalmuratov mukofotga loyiq deb topildi.

Tanlovning iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi sohasida Suhrobbek Rahimov, Akmal Oromov va Barno Narzullayeva muvaffaqiyat qozondi.

Fan-ta’lim va ijtimoiy sohada O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi robototexnika to‘garagi rahbari Bunyodbek Zaripov, Toshkent moliya instituti muhandisi Jasur Umurzoqov, Toshkent Davlat texnika universiteti katta o‘qituvchisi Boburjon Zayniddinov, “Yilning eng yaxshi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi” nominatsiyasi bo‘yicha Abdulla Qoraboyev, Sherzod Normatov, “Yilning eng yaxshi ’Kamalak’ sardori” nominatsiyasida Madinabonu Saidjonova eng munosib deb e’tirof etildi.

San’at, madaniyat, jurnalistika va sport sohasida Behruz Tohirov, Mashhurbek Raimjonov, Andijon viloyatidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o‘quvchisi Dilhavas Qodirova, “O‘zbekiston 24” telekanali muxbiri Muslima Amanqulova, O‘zbekiston Milliy olimpiya terma jamoasi a’zosi Roziya Ergasheva sovrindor bo‘ldi.

Tanlov g‘oliblari eng kam ish haqining 30 baravari miqdoridagi pul mukofoti, statuetka hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 100) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют