» » A Seriya. Ronaldu “Yuventus”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi, “Milan”da durang, “Latsio”da esa mag‘lubiyat (video)

A Seriya. Ronaldu “Yuventus”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi, “Milan”da durang, “Latsio”da esa mag‘lubiyat (video)


26-dekabr, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 18-tur bahslarini “Frozinone” — “Milan” o‘yini ochib berdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi va tomonlar durangga imzo chekdi.

Turinning “Yuventus” klubi “Atalanta” maydoniga safar qildi. Uchrashuv boshidayoq (2-daqiqa) Gimshitining avtogoliga qaramay, Sapataning dubli evaziga (24 va 56-daqiqada) hisobda oldinga chiqib oldi. Krishtianu Ronaldu zaxiradan maydonga tushib, 78-daqiqada raqib darvozasiga gol urdi va turinliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. O‘yin jangovar 2:2 hisobida yakunlandi.

“Bolonya” “Latsio” klubini o‘z uyida qabul qilib, 2:0 hisobida taslim qildi. 30-daqiqada “Bolonya” futbolchisi Luis Felipe hisobni ochgan bo‘lsa, 89-daqiqada Lulich 2:0 hisobni ko‘rinishiga keltirdi va jamoa muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

A Seriya

18-tur bahslari

26-dekabr, chorshanba

Gollar: 0:1 – 2, avtogol Gimshiti, 1:1 – 24 Sapata, 2:1 – 56 Sapata, 2:2 – 78 Ronaldu.

Gollar: 1:0 – 47 Kualyarella, 2:0 – 59 Ramires.

Gol: 0:1 – 45 Ingleze.

Gol: 1:0 – 45 Farias.

Gollar: 0:1 – 30 Luis Felipe, 0:2 – 89 Lulich.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 5) ( 0) ( 5) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют