» » Boxing Day’da gollar yomg‘iri. MYu 3 ta , “Liverpul” 4 ta, “Tottenhem” va “Everton” 5 ta gol urib yutdi, “Man Siti” esa yana yutqazdi (video)

Boxing Day’da gollar yomg‘iri. MYu 3 ta , “Liverpul” 4 ta, “Tottenhem” va “Everton” 5 ta gol urib yutdi, “Man Siti” esa yana yutqazdi (video)


26-dekabr, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasi doirasida 19-tur bahslari boshlandi.

O‘tgan turda yirik hisobda g‘alaba qozongan “Manchester Yunayted” “Old Trafford”da “Haddersfild” klubini qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda Pol Pogba dublga erishdi. Yana bir golni Nemanya Matich o‘z hisobida yozib qo‘ydi.

Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” esa “Lester” mehmoni bo‘lib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu “shaharliklar”ning ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. “Siti” safida Bernardu Silva hisobni ochgan bo‘lsa, Mark Olbrayton hamda Rikardo Pereyra gol urib, mezbonlarning g‘alabasini ta’minladi.

APL musobaqa jadvalida yetakchilikni qo‘ldan bermayotgan “Liverpul” jamoasi o‘z uyida “Nyukasl”ni qabul qilib, Deyan Lovren, Muhammad Saloh, Jerdan Shaqiri hamda Fabinyolarning gollari evaziga 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Harri Keyn yetakchiligidagi “Tottenhem” klubi “Uembli” stadionida “Bornmut”ni qabul qilib, 5:0 hisobida yutdi. Gollarga Kristian Eriksen, Son Hyon Min (2 ta), Lukas Moura va Harri Keyn mualliflik qildi.

“Byornli” 1:5 “Everton” Barcha gollar videosi!

APL

19-tur bahslari

26-dekabr, chorshanba

Gollar: 1:0 – 74 Sessenyon, 1:1 – 85 Saiss.

Gollar: 1:0 – 28 Matich, 2:0 – 64 Pogba, 3:0 – 78 Pogba, 3:1 – 88 Yorgensen.

Gollar: 0:1 – 2 Mina, 0:2 – 13 Din, 0:3 – 22, penalti Sigurdsson, 1:3 – 36 Gibson, 1:4 – 71 Din, 1:5 – 90 Risharlison.

Gollar: 0:1 – 14 Bernardu Silva, 1:1 – 19 Olbrayton, 2:1 – 81 Rikardu Pereyra.

Gollar: 1:0 – 11 Lovren, 2:0 – 47, penalti Saloh 3:0 – 79 Shaqiri, 4:0 – 85 Fabinyo.

Gollar: 1:0 – 16 Eriksen, 2:0 – 23 Son Hyon Min, 3:0 – 35 Lukas Moura, 4:0 – 61 Keyn, 5:0 – 70 Son Hyon Min.

27-dekabr, payshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют