» » APL. Obameyang gol urgan o‘yinda “Arsenal” g‘alaba qozona olmadi

APL. Obameyang gol urgan o‘yinda “Arsenal” g‘alaba qozona olmadi


26-dekabr, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 19-turidan o‘rin olgan “Brayton”—“Arsenal” uchrashuvi yakuniga yetdi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida “kanonirlar” hujumchisi Pyer-Emeri Obameyang hisobni ochgan bo‘lsa (0:1), 35-daqiqaga kelib raqib jamoa futbolchisi Yurgen Lokadiya Bernd Leno darvozasini ishg‘ol etdi (1:1). Hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

APL

19-tur bahslari

26-dekabr, chorshanba

Gollar: 0:1 – 7 Obameyang, 1:1 – 35 Lokadiya.

“Brayton”: Rayan, Montoyya, Daffi, Balogun, Bernardo, Gros, Stivens, Propper, Mart, Lokadiya (Nokaer, 86), Marrey (Andone, 79).

“Arsenal”: Leno, Lixtshtayner, Papastatopulos, Kosyelni (Meytland-Nils, 70), Kolashinats, Torreyra, Jaka, Gunduzi, Ozil (Ivobi, 46), Obameyang, Lyakazett (Remsi, 62).

Ogohlantirishlar: Montoyya (45), Marrey (58), Kolashinats (81).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-12-2018, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 33) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют