» » NBC Trampning 2018-yildagi 10 ta asosiy yolg‘onini to‘pladi

NBC Trampning 2018-yildagi 10 ta asosiy yolg‘onini to‘pladi


Amerikaning NBC News telekanali AQSh prezidenti Donald Trampning 10 ta asosiy yolg‘onidan iborat jamlanmani taqdim etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Telekanal tomonidan ta‘kidlanishicha, 2018-yilda Tramp bir necha marta Amerika jamoatchiligini chalg‘itgan. Mamlakat yetakchisi saylovoldi kampaniyasi vaqtida, Oq uyda va Twitter’da yolg‘on tasdiqlarni o‘n martalab takrorlagan.

Birinchi o‘rindan Meksika bilan chegarada devor qurilishi haqidagi bayonot joy olgan. Tramp oktabr oyida bu devorning qurilishini aytgan, dekabr oyida esa qurilish xarajatlarini Meksika to‘lashini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, devorning qurilishi allaqachon boshlangan, ba’zi qismlarda esa qayta ta’mirlash ishlari o‘z nihoyasiga yetgan. NBC tomonidan ta’kidlanishicha esa, bu gaplarning hech biri haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Ikkinchi o‘rinni Trampning respublikachilar bemor kishilarga yordam berishi haqidagi so‘zlari egallagan. Uchinchi qatorga Tramp tomonidan Rossiyaning 2016-yildagi saylovlarga aralashishi bo‘yicha aytgan gaplari joylashtirilgan.

To‘rtinchi o‘rinda Trampning Barak Obama muhojirlarning oilalarini ajratish amaliyotini joriy qilgani haqidagi bayonoti turibdi.

AQShning tarixiy miqyosdagi iqtisodiy o‘sishga erishgani haqidagi bayonot beshinchi o‘rinda qayd etilgan. Yettinchi o‘rinni Amerika tarixida soliqlarning eng katta qisqarishi haqidagi so‘zlar band etgan. Sakkizinchi o‘ringa Trampning bojlar Amerikani boy qilishi haqidagi so‘zlari munosib topilgan. Eng so‘nggi o‘rinda esa AQSh prezidentining uning ma’muriyati avvalgi prezident ma’muriyatidan ko‘proq ish qilgani haqidagi bayonoti turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-12-2018, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют