» » O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi Ruslan Nurudinov bilan bog‘liq holatga izoh berdi

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi Ruslan Nurudinov bilan bog‘liq holatga izoh berdi


2012-yil o‘tkazilgan London Olimpiadasida ishtirok etgan 5 nafar og‘ir atletikachining doping testi natijalari ijobiy natija bergani va orasida Rio—2016 Olimpiadasi chempioni, o‘zbekistonlik Ruslan Nurudinov ham bor ekanligi haqida avvalroq xabar berilgandi.

O‘zA O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Shahrullo Mahmudovga murojaat qilib, Ruslan bilan bog‘liq holatga oydinlik kiritishga harakat qilib ko‘rdi.

“Ochig‘ini aytganda, ushbu holat bo‘yicha Xalqaro olimpiya qo‘mitasi yoki boshqa sport tashkilotlariga e’tiroz bildirganimiz bilan hech narsa o‘zgarmaydi. Sababi, bu olti yil oldingi holat. Ruslanning asosiy sportchilik faoliyati esa 2013 yildan boshlangan. Shundan beri u og‘ir atletika sportida qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni, Osiyo chempionatidan tortib jahon chempionati, Universiada o‘yinlari, Rio olimpiadasi va nihoyat oxirgi katta muvaffaqiyati Osiyo o‘yinlari g‘olibligini qo‘lga kiritdi hamda musobaqa rekordini yangiladi. Mana shu yutuqlar va unvonlar sportchimizning o‘zida saqlanib qolinganligi biz uchun katta natija aslida. Negaki bugun butun dunyoda doping bilan bog‘liq muammoli holatlar bor. Ruslanning qonidan topilgan moddaga kelsak, sportchimizda testosteron moddasi me’yoridan yuqori ekanligi aniqlangan. Testosteron moddasi har bir insonning organizmida mavjud va bu ayniqsa ayni balog‘atga yetgan yoshlar, ya’ni yigitlarda faol darajada bo‘ladi. Sportchimiz London olimpiadasidagi ishtirokidan keyin antidoping tekshiruvidan o‘tgan va toza chiqqan. O‘sha qon tahlillari muzlatib qo‘yilgan holda qayta tekshiruvdan o‘tgach, yuqoridagi muammolar kelib chiqdi. Ushbu masala bo‘yicha WADA’ga murojaat qilganimizda bizga aytishdiki, hozir eng so‘nggi va zamonaviy texnologiyalar yordamida qon tahlili qayta tekshiruvdan o‘tkazilgan hamda Ruslanning qonida testosteron moddasi belgilangan me’yoridan ortiqligi aniqlangan. Qayta tekshiruvdan faqat O‘zbekiston vakili emas, balki Ukraina, Belarus, Armaniston, Ozarbayjon, jami besh mamlakat sportchilari o‘tkazilgan. Savol tug‘ilishi mumkin – bu narsa kimga va nima uchun kerak bo‘ldi, axir o‘shanda Ruslan medal olmaganku, desak Xalqaro olimpiya qo‘mitasi qayta tekshiruvdan hozir sportchilik faoliyatini davom ettirayotgan atletlar o‘tkazilayotganligini ma’lum qildi. Biz mazkur holatni chuqur tahlil qilamiz, sportchimizning qonida qanday qilib testosteron moddasi miqdori me’yoridan oshib ketgan? Bilasizmi, testosteron moddasini sportchi iste’mol qilgan bioqo‘shimchalar, hatto oddiy tabletkalar ham oshirib yuborishi mumkin. Testosteronning oshishi – bu quvvat oshishi degani. Oddiy qilib aytganda 20 yoshli erkakka qaraganda 35 yoshli erkakdagi testosteron moddasi miqdori kam bo‘ladi. Ruslan o‘sha paytda 21 yoshda bo‘lgan, ya’ni testosteron moddasi eng yuqori bo‘lgan holat. Sportda esa testosteron moddasining belgilangan miqdori – 407% deb belgilangan, agar shundan yuqori bo‘lsa – bu kishida shubha uyg‘otadi. Bu uzoq o‘rganiladigan jarayon, darhol qaror qabul qilib bo‘lmaydi. Shu o‘rinda bir mulohazamni bildirmoqchi edim: Ruslan sportchi sifatida barcha musobaqani yutdi, ko‘p bora O‘zbekiston bayrog‘ini yuqori ko‘tardi, uning g‘alabalari sharafiga madhiyamiz yangradi. Shu ma’noda hozirgi vaziyatda har xil gap-so‘zlar bilan vatanimiz faxriga aylangan sportchimizni aslo ranjitib qo‘ymasligimiz kerak. U ham inson, unda ham yurak bor. Ko‘pchilik o‘ylashdiki, bu Ruslan chempion bo‘lgan davrdagi holat deb, yo‘q, unday emas, bu atletimizning endi-endi katta sportga kirib kelayotgan davri. Shundan keyin Nuriddinov qancha musobaqada qatnashgan bo‘lsa, bahslar boshlanishi oldidan va keyin albatta doping tekshiruvidan o‘tgan va shu kungacha bironta salbiy holat kuzatilmagan. Men mamlakatimizda og‘ir atletika sportiga mas’ul insonlardan biri sifatida aytmoqchiman, Ruslanning Riodagi g‘alabasi tasodif emasligini Tokioda ham isbotlashi uchun uni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi va mamlakatimizda sportga mas’ul bo‘lgan mutasaddi tashkilotlar sportchimizni qo‘llab-quvvatlaydi”,—deydi Shahrullo Mahmudov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-12-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют