» » Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil Ismatulla Irgashev Eron elchisi bilan uchrashdi

Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil Ismatulla Irgashev Eron elchisi bilan uchrashdi


O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Eronning Favqulodda va muxtor elchisi Bahman Og‘oroziy Do‘rmoniy bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbatda O‘zbekiston — Eron kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

2018-yilda ikki tomonlama munosabatlardagi ijobiy o‘sish mamnuniyat bilan qayd etildi va 2019-yildagi qo‘shma tadbirlar jadvali bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda Afg‘onistondagi tinchlik jarayoniga ko‘maklashish doirasida hamkorlik masalasiga ham e’tibor qaratilib, ushbu mamlakatda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, jumladan, mintaqaviy ahamiyatga ega temir yo‘l magistralini qurishda hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-12-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют