» » O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilandi

O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilandi


Prezident qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Nizomga muvofiq, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Prezident Davlat xavfsizligi xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus avariya-tiklash boshqarmasida, harbiy xizmatga tenglashtirilgan xizmatni o‘tash nazarda tutilgan vazirlik va idoralarda amalga oshiriladi hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun tegishincha harbiy-tibbiy komissiyalar tashkil etiladi.

Shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish quyidagi vaqtlarda hamda quyidagi fuqarolar orasida amalga oshiriladi:

fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish vaqtida;

muddatli va muqobil harbiy hizmatga chaqirishda;

safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish vaqtida;

safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan fuqarolar;

harbiy xizmatga tenglashtirilgan xizmatga kirayotgan fuqarolar;

harbiy xizmatchilar;

harbiy xizmatga tenglashtirilgan xizmatni o‘tayotganlar;

harbiy ta’lim muassasalariga kirayotganlar;

mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazlariga yuborilayotganlar;

harbiy yig‘inlarga chaqirilayotganlar;

harbiy yig‘inlarni o‘tayotganlar, o‘taganlar;

Qurolli Kuchlar rezervi va zahirasidagilar;

shartnoma bo‘yicha xizmatchilarning oila a’zolari;

harbiy mehnatning sog‘lik uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoit bilan bog‘liq mutaxassisligi bo‘yicha ishga tayinlanayotgan yoki ishlayotgan harbiy xizmatchilar;

O‘zbekistondan tashqariga o‘qishga yuborilayotgan shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar, kursantlar.

Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish hamda muddatli va muqobil harbiy hizmatga chaqirishda fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida fuqarolar uzoq muddatli tibbiy tekshiruvga muhtoj bo‘lsa, o‘n ikki oygacha muddatga davolanishga muhtojligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.

Tibbiy tekshiruv yakunlangach, fuqaro qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Muddatli va muqobil harbiy hizmatga chaqirilgan harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsiz deb topilgan fuqarolar tibbiy tekshiruvdan bosh tortgan yoki qochgan hollarda olti oydan so‘ng qayta ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Muddatli harbiy xizmatchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda ularning kasalligi aniqlanganda, ularga 30 sutkadan 60 sutkagacha kasallik ta’tili beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-12-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют