» » Qimmatbaho avtomobillarga o‘rnatilgan qimmatbaho soatlar (fotogalereya)

Qimmatbaho avtomobillarga o‘rnatilgan qimmatbaho soatlar (fotogalereya)


“Motor” nashri mashhur soatsoz kompaniyalarning logotiplarini qanday avtomobillarda ko‘rish mumkinligi haqida hikoya qildi.

Shveysariyaning Shaffxauzen shahrida joylashgan IWC kompaniyasi xronometri faqat AMG versiyasidagi avtomobillarda uchraydi. Bundan tashqari, IWC AMG logotipli qo‘l soatlarini ham chiqaradi.

IWC’ning lyuks soati Mercedes-Maybach saloniga ham o‘rnatilgan.

Kryudagi zavodni tark etadigan Bentley avtomobillarining deyarli barchasi Breitling elegant xronometri bilan jihozlangan. Bentley Bentayga’ga o‘rnatiladigan eksklyuziv turbiyon esa oltin va brilliantlar bilan bezatilgan bo‘lib, qiymati butun mashina narxiga teng.

Britaniyaning Bremont va Jaguar brendlari o‘rtasidagi kelishuv natijasi o‘laroq, Jaguar C-X75 konseptual superkari va XJ75 Platinum superlimuziniga Bremont soatlari o‘rnatildi.

2009-yilda namoyish etilgan Bugatti Galibier konseptual sedanida Parmigiani Fleurier soatlari o‘rnatilgandi. Ularni torpedodan olib, bilakka taqish ham mumkin edi.

Thommen kompaniyasining soat mexanizmi o‘rnatilgan Rolls-Royce Phantom Coupe birinchi marta besh yil avval taqdim etilgan edi.

Avtomobil ishlab chiqaruvchi va soat markasi o‘rtasidagi eng so‘nggi hamkorlik namunalaridan biri — eng yangi DS 7 krossoveriga o‘rnatilgan R180 xronografi, u BRM Chronographes firmasi tomonidan yaratilgan.

Опубликовано: admin (3-03-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют