» » Kogonda Yangi yil oldidan 4 nafar mahkumga nisbatan insonparvarlik prinsipi qo‘llanildi

Kogonda Yangi yil oldidan 4 nafar mahkumga nisbatan insonparvarlik prinsipi qo‘llanildi


24-dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudi tomonidan Buxoro viloyat IIB 1-sonli jazoni ijro etish koloniyasida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudi axborot xizmati “Daryo” ga xabar berdi.

Sayyor sud majlisida, dastlab 21 nafar mahkumga nisbatan jazoni ijro etish muassasasi tomonidan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 113-moddasiga asosan umumiy tartibli koloniyada jazoni o‘tayotgan mahkumlar manzil-koloniyaga o‘tkazildi.

Shundan so‘ng muassasa tomonidan 4 nafar mahkum bo‘yicha jinoyat qonunchiligidagi insonparvarlik prinsipini qo‘llash haqidagi iltimosnomalari ko‘rib chiqildi.

Xususan, muassasada jazoni o‘tash tartib-qoidalariga to‘liq rioya etib, mehnatga halol munosabatda bo‘lgan 1 nafar mahkum muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilingan bo‘lsa, 3 nafar mahkumning o‘talmay qolgan ozodlikdan mahrum etish jazo muddatini axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilib, ozodlikka chiqarildi.

“Sayyor sud majlisi davomida mahkumlar o‘z qilmishlaridan pushaymonligi, Yangi yil bayrami arafasida yaqinlari bag‘riga qaytishga imkon berilganidan minnatdor ekanliginiini bildirib, kelgusida halol mehnat va sog‘lom turmush tarzini tanlashga va’da berdi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-12-2018, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют