» » Andijonda 26 nafar tibbiyot xodimining 58 mln so‘mdan ziyod ustama haqi undirib berildi

Andijonda 26 nafar tibbiyot xodimining 58 mln so‘mdan ziyod ustama haqi undirib berildi


Andijon viloyati Paxtaobod tuman adliya bo‘limiga tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruqxona bo‘limi xodimlari oylik maoshlariga ustama xaqlari to‘lanmasdan kelayotganligi yuzasidan murojaat qildi. Bu haqda viloyat Adliya boshqarmasi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Ariza asosida o‘tkazilgan o‘rganish ishlari davomida tibbiyot birlashmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 276-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi” Nizom talablariga zid ravishda 26 nafar tug‘ruqlarni qabul qilib olish bilan bog‘liq vrachlar va o‘rta tibbiyot xodimlariga jami 58 167 176 so‘m ustama haqlari to‘lanmasdan kelganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan adliya bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritildi. Tug‘ruq bo‘limida o‘tkazilgan sayyor sud majlisida da’vo arizasi qanoatlantirilib, yuqorida qayd etilgan ustama haqlari to‘liq undirib berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-12-2018, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 59) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют