» » Quvalik dehqon tomorqasida arab xurmosini mahalliy iqlimga moslashtirdi

Quvalik dehqon tomorqasida arab xurmosini mahalliy iqlimga moslashtirdi


Farg‘ona viloyatining Quva tumani, Bo‘ston mahallasida yashovchi Inomjon Buvanazarov tomorqasidagi 10 sotix yerda issiqxona tashkil etib, limon, apelsin, mandarin kabi sitrus mevalar parvarishini yo‘lga qo‘ygan. Ayni paytda mirishkor bog‘bon banan yetishtirish borasidagi tajribalarini boyitmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

Imkoniyatimni chamalab, shaxsiy tomorqa egalariga yiliga 5-10 ming tup sitrus meva ko‘chati yetkazib berishim mumkinligini aniqladim. Bu ehtiyojni to‘la qoplash uchun dehqonchilik xo‘jaligini tashkil etmoqdaman. Xo‘jalik pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri, achchiq qalampir kabi sabzavot ekinlari, sitrus mevalar ko‘chatini yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. 

Inomjon Buvanazarov, bog‘bon

Katta hayotiy tajribaga ega Inomjon Buvanazarov uch farzandini yoniga olib, o‘z xonadonidagi mo‘jazgina tajriba bog‘ida arab xurmosini mahalliy iqlimga moslashtirish bo‘yicha dastlabki ijobiy natijalarga erishdi.

Опубликовано: admin (3-03-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют