» » “O‘zbekenergo” elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlarga oydinlik kiritdi

“O‘zbekenergo” elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlarga oydinlik kiritdi


O‘zbekistonning olis hududlari bo‘ylab elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar uchrab turayotganligi sir emas. Bu haqda murojaat va e’tirozlarni turli ijtimoiy tarmoqlar hamda axborot saytlari orqali o‘qib turibmiz. E’tibor beradigan bo‘lsak, bunday uzilishlar va avariyaviy o‘chishlar har yili kuz-qish mavsumiga o‘tish davrida takrorlanib turadi. “Albatta, buning o‘ziga yarasha sabablari bor”, deyiladi “O‘zbekenergo” matbuot xizmatining axborotida.

O‘zbekistondagi hozirgi vaqtda ish faoliyatida bo‘lgan energetika qurilmalari o‘tgan asrning o‘rtalarida ishga tushirilgan bo‘lib, ularning deyarli 67 foizi eskirgan. Qolaversa, mamlakatdagi mavjud elektrostansiyalar ham o‘tgan asrning 50-60 yillarida barpo etilgan bo‘lib, ularning aksariyatida quvvatlar allaqachon muddatini o‘tab bo‘lgan. Eng yangi hisoblangan Taxiatosh IESning ham foydalanishga topshirilganiga 27 yildan oshdi.

Qolaversa, aholi sonining ortib, hududlarda yangi uylarning ko‘payishi natijasida transformatordan 1,5—2 kilometrgacha uzunlikda elektr simlarining tortilayotgani tufayli oxirgi istemolchilarimizga uzatilayotgan elektr energiyaning quvvati 220 voltga yetmayapti. Transformatorlar 600—800 metrgacha bo‘lgan hududdagi istemolchilarga 220 voltni yetkaza oladi.

Boz ustiga aholining elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyoji ham yildan yilga oshib bormoqda. Masalan, 2017-yilda iste’molchilarga 47,4 milliard kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berilgan bo‘lsa, 2018-yilda esa ushbu ko‘rsatkich 50,7 milliard kVt-soatni tashkil etishi kutilmoqda.

Qolaversa, aholi tomonidan bitta fazadan boshqa fazaga o‘zboshimchalik bilan ulanishi va yuklamalarning bitta fazadan ikkinchi fazaga o‘tkazilishi ayrim joylardagi, ayniqsa, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida elektr kuchlanishi pasayishiga, ya’ni me’yordagi 220 voltdan tushib ketishiga sabab bo‘layapti.

Ta’mirlash va yuklamalarni fazalararo teng taqsimlash ishlari olib borilishiga qaramasdan ma’lum vaqt o‘tgach aholi yana o‘zboshimchalik bilan bir fazadan boshqa fazaga o‘tib olishi, bundan tashqari, yakka tartibda qurilayotgan ko‘plab uylarning egalari tomonidan faqat bitta faza orqali ulanishi ham ortiqcha yuklamalarni yuzaga keltirib, qisqa muddatli uzilishlarga sabab bo‘lmoqda.

“Shu bois hududiy elektr tarmoqlari tomonidan aholining murojaatlari bo‘yicha ushbu holatlarni bartaraf etish, ta’mirlash va yuklamalarni fazalararo teng taqsimlash orqali kuchlanishni me’yorga keltirish ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi “O‘zbekenergo” axborotida.

Shu o‘rinda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 23-oktabrda imzolangan “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinishi bu boradagi muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Ushbu hujjatga ko‘ra, elektr energiyasi sohasida mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangilarini ishga tushirish bo‘yicha loyiha qiymati 2,6 milliard AQSh dollari bo‘lgan umumiy quvvati 1 984 MVt 7 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish belgilandi. Shuningdek, jalb qilinadigan kreditlar va “O‘zbekenergo”ning o‘z mablag‘lari hisobidan yiliga umumiy uzunligi 7,1 ming kilometr bo‘lgan yangi elektr tarmoqlarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish, 2500 ta transformator punktini o‘rnatish va modernizatsiya qilish loyihalarini amalga oshirish ishlari boshlandi.

Bundan tashqari, “O‘zbekenergo” tomonidan “Obod qishloq” hamda “Obod mahalla” davlat dasturlari asosida o‘z mablag‘lari va xorijiy investitsiyalar orqali butun O‘zbekiston bo‘ylab rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari ham jadal amalga oshirilmoqda.

“Umuman olganda, olis hududlarda istiqomad qilayotgan aholining elektr energiyasi ta’minotidagi qisqa muddatli uzilishlarga barham berish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda”, — deyiladi “O‘zbekenergo” matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan axborotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-12-2018, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют