» » Fransiyalik keksa kishi bochka ichida Atlantikaga sayohatga otlandi

Fransiyalik keksa kishi bochka ichida Atlantikaga sayohatga otlandi


Fransiyalik Jan-Jak Saven Atlantika okeani bo‘ylab dvigateli, yelkani va eshkaklari bo‘lmagan bochkada sayohatga chiqdi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Yanvar oyida 72 yoshni qarshi oladigan erkak suvdagi sayohatini Kanar orollari tarkibiga kiruvchi El-Yerro kichik orolidan boshladi. Sayohatchi uch oydan so‘ng ya’ni 2019-yilning martigacha Karib orollariga yetib olmoqchi.

Fransiyalik erkakning bochkasi uch metr uzunlik, ikki metr diametr va 450 kilogramm og‘irlikka ega. U ko‘p qatlamli faneradan yasalgan bo‘lib, olovrangga bo‘yalgan.

Bochka ichida olti kvadrat metr maydonda kushetka, oshxona burchagi, xarita uchun stol, shuningdek buyumlarni saqlash uchun joy mavjud, shuningdek polda baliqlarni kuzatish uchun illyuminator ham joylashgan.

Savenning so‘zlariga ko‘ra, sayohat yaxshi boshlangan, bochka soatiga 2—3 kilometr tezlikda harakatlanmoqda. U Yangi yil va tug‘ilgan kunini nishonlash uchun o‘zi bilan Sauternes vinosidan olib ketgan.

Sayohatchi, dengiz oqimi tabiiy usulda uni Karib oroli yoki Barbados orollariga olib borishiga umid qilmoqda. Biroq Saven o‘z sayohatini yakunlash uchun eng yaxshi nuqta deb Fransiyaning Martinika yoki Gvadelupa orollarini biladi.

“O‘shanda hujjatlar bilan ish tez bitadi va bochkani oson olib o‘tish mumkin bo‘ladi”, — deydi Saven.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-12-2018, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют