» » Krishtianu Ronaldu A Seriyani ham zabt etishga kirishdi

Krishtianu Ronaldu A Seriyani ham zabt etishga kirishdi


26-dekabr, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 18-tur bahsida “Yuventus” mehmonda “Atalanta” bilan durang natija qayd etdi (2:2).

33 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu 2-bo‘limning 65-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib, 78-daqiqada hisobni tenglashtirdi (2:2) va jamoani muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Bu futbolchining joriy mavsum A Seriyadagi 12-goli hisoblanadi. Ronaldu 18 ta o‘yinda “gol+pas” tizimida 18 ochko (12+6) to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

U bu ko‘rsatkichda yetakchilik qilmoqda. Eng yaqin ta’qibchisi “Sampdoriya”ning 35 yoshli hujumchisi Fabio Kualyarell hisoblanadi. Uning hisobida 16 ochko (11+5) mavjud.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-12-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют