» » Chiroyli kelinlar uchun bahorgi trendlar

Chiroyli kelinlar uchun bahorgi trendlar


Bahor – bu nazokat, yengillik, tozalik va iliqlik fasli. Bahor kelinlarining qiyofasi ham uyg‘onayotgan tabiat kabi yoqimli va nozik bo‘lishi lozim. Biz sizga eng beqiyos ko‘rinish beruvchi bahorgi trendlarning asosiylarini to‘pladik.

Bahorda bo‘layotgan to‘yga kelinning gul rasmlari solingan ko‘ylagi juda mos keladi.

Bahor kelinlari uchun qaymoqrang, shaftolirang, moviy, och pushtirang va och jigarrangli yengil shifon ko‘ylaklar eng yaxshi variant hisoblanadi.

Bahorda ob-havo tez-tez o‘zgarib turadi, shuning uchun uning injiqliklarini ham hisobga olishga to‘g‘ri keladi.

Bahorda tabiat bilan birga biz ham ochilamiz, ya’ni ko‘zlar porillaydi, teri esa go‘yo ichkaridan nur sochadi. Bunga urg‘u berish uchun makiyajda xaylayter va yaltiraydigan upadan foydalaning.

Bahorda yoyilgan holdagi, biroz bemalol tashlab qo‘yilgan va o‘rilgan soch turmaklari ommabop bo‘lib ketadi.

Опубликовано: admin (3-03-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют