» » O‘zbekiston terma jamoasining BAAdagi Osiyo Kubogida foydalanadigan liboslari taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekiston terma jamoasining BAAdagi Osiyo Kubogida foydalanadigan liboslari taqdimoti o‘tkazildi


27-dekabr, payshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining yangi liboslari taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.

O‘FA Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Olim Arifov Jako kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha yig‘ilganlarga quyidagilarni ma’lum qildi: “O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoasiga libos yetkazib beruvchi bir qator kompaniyalar bilan muzokara o‘tkazib, yakunda Germaniyaning JAKO kompaniyasi bilan shartnoma imzolaganidan xabaringiz bor. Bu kompaniya biz uchun manfaatli bo‘lgan shartlar asosida bizga liboslarni taqdim qilmoqda. Milliy terma jamoa a’zolariga 116 xil libos va aksessuarlar bepul taqdim qilinsa, qolgan terma jamoalarga 50 foizli chegirma asosida formalar yetkazib beriladi”.

“JAKO kompaniyasi bilan 3 yillik shartnoma imzolangan bo‘lib, milliy terma jamoamiz Jahon chempionati saralashida muvaffaqiyatli qatnashsa, shartnoma muddati uzaytiriladi va shartlari qayta ko‘rib chiqiladi”— dedi O‘FA Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.

Ma’lumot uchun, JAKO (“YAKO”) kompaniyasi sport ekipirovkalari (libos, oyoq kiyim, aksessuarlar) va inventarlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan kompaniya bo‘lib, unga Rudi Shpryugel tomonidan 1989-yilning 1-noyabrida asos solingan. Ayni vaqtda JAKO (“YAKO”) kompaniyasining 40dan ortiq mamlakatlarda filiallari mavjud. Kompaniyaning bosh binosi Germaniyaning janubi-g‘arbidagi Xollenbax okrugida joylashgan.

Hozirda Avstriya, Belgiya, Niderlandiya, Shveysariya kabi mamlakatlarning bir qator klublari aynan JAKO kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-12-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют