» » O‘zbekiston Prezidenti Rossiya prezidenti bilan telefon orqali suhbatlashdi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya prezidenti bilan telefon orqali suhbatlashdi


Bugun, 27-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda Prezident Matbuot xizmati.

Davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan bir-birini samimiy qutladi, shuningdek, hamkorlikning bir qator dolzarb masalalarini muhokama qildi.

Prezidentlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqdoshlik aloqalarining shiddat bilan rivojlanishi va mustahkamlanishi yuzasidan chuqur qoniqish bildirdi.

Suhbat yakunida davlat rahbarlari strategik sheriklik va ittifoqdoshlik aloqalarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash tarafdori ekanliklarini ta’kidladi, shuningdek, Yangi yilda O‘zbekiston va Rossiya xalqlariga tinchlik, farovonlik va rivoj tilab qoldi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin bir-birini Yangi yil bilan tabriklagani haqida Kreml xabar bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-12-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют