» » Toshkent metrosining Sergeli yo‘nalishida yer usti metro qurilishi jadal davom etmoqda

Toshkent metrosining Sergeli yo‘nalishida yer usti metro qurilishi jadal davom etmoqda


O‘zbekiston Prezidentining 2016-yil 29-noyabrdagi “Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasi qurilishi loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida bunyodkorlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi online” xabar berdi

Ushbu loyihaning uzunligi 7,1 kilometrni tashkil etadi. Asosiy loyiha “Boshtransloyiha” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra, ushbu yo‘nalishdan 6 ta bekat o‘rin olgan. Bekatlarda yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida maxsus lift va eskalatorlar o‘rnatiladi.

Sergeli metro liniyasining ahamiyatli jihati shundaki, u nafaqat mamlakatda, balki Markaziy Osiyoda ham bugungi kungacha qo‘llanilmagan butunlay yangicha estakada usulida bunyod etilmoqda.

Qurilishning boshidan to hozirgacha tajribali mutaxassislar tomonidan qurilish me’yorlar va texnik talablar asosida belgilangan jadval bo‘yicha ishlar amalga oshirilyapti. Qurilish-montaj jarayonlari uchun zarur bo‘lgan zamonaviy texnikalar va mexanizmlar olib kelindi.

Toshkent metropolitenining ushbu yangi yo‘nalishi 2020-yilga qadar foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют