» » Braziliya prezidenti davlat rahbarining rasmiy qarorgohida yashashdan voz kechdi

Braziliya prezidenti davlat rahbarining rasmiy qarorgohida yashashdan voz kechdi


Braziliya prezidenti Mishel Temer davlat rahbarining rasmiy qarorgohi — Alvorada saroyida yashashdan voz kechdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Temer oilasi bilan birga vitse-prezidentlik paytida istiqomat qilgan Jaburu saroyiga qaytdi. 

Globo nashriga ko‘ra, Temer Alvorada saroyini “juda katta” va “uy tafti sezilmaydigan” joy deb hisoblamoqda. U rasmiy qarorgohda atigi 12 kun bo‘ldi, xolos.

Alvorada saroyi ham Jaburu kabi braziliyalik mashhur me’mor Oskar Nimeyer loyihasi bo‘yicha qurilgan. Paranoa suv omboridagi 3 qavatli bino 1958-yilda bitkazilgan bo‘lib, umumiy maydoni 7 ming kvadrat kilometrdan iborat. Saroyda prezident oilasi va mehmonlarga 70 kishi xizmat ko‘rsatadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-03-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют