» » O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida tomchilatib sug‘orish usulini qo‘llash natijasida hosildorlik qariyb uch barobarga oshdi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida tomchilatib sug‘orish usulini qo‘llash natijasida hosildorlik qariyb uch barobarga oshdi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasida qishloq xo‘jaligi vaziri Bahodir Yusupovning agrar sohani rivojlantirish istiqbollari va ilm-fan talablariga moslashtirishning bugungi holati to‘g‘risidagi axboroti tinglandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tadbirda fermer xo‘jaliklari, eng avvalo, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish va rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy texnologik asbob-uskunalar bilan ta’minlash loyihalari o‘z samarasini berayotgani ta’kidlandi.

Qishloq xo‘jaligi mamlakat iqtisodiyotida, jumladan, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va sanoatning xomashyoga bo‘lgan talabini qondirishda muhim o‘rin tutadi. Hozirgi kunda mazkur sohaning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 17 foizni tashkil etib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining barchasi nodavlat sektorda yetishtirilmoqda.

Vazirning ma’lumotiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligini isloh va modernizatsiya qilish bo‘yicha qabul qilingan dasturga muvofiq 2016—2018-yillarda 240 ming gektar maydonda paxta va boshoqli don ekishni qisqartirish hisobiga ekin maydonlarini optimallashtirish tadbirlari amalga oshirilgan.

Ushbu maydonlarga joriy yilda yuqori daromadli, eksportbop ekinlar, jumladan, 73,5 ming gektar sabzavot, 19 ming gektar kartoshka, 15,1 ming gektar poliz, 15,7 ming gektar soya, 3 ming gektar sholi, 44,3 ming gektar ozuqa ekinlar ekilgan hamda 23 ming gektar intensiv bog‘, 8,3 ming gektar tokzor va 600 gektar zamonaviy issiqxonalar barpo etilgan.

2018-yilning o‘zida respublika bo‘yicha 9,1 ming gektar intensiv bog‘, 7,1 ming gektarda tokzor barpo etilgan, 4,9 gektar eski bog‘ va 2,4 ming gektar tokzorlar yangilandi.

Agrar sohaga yangi innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Masalan, Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi “Ishtixon nurli davr” fermer xo‘jaligida Isroil texnologiyasi asosida tomchilatib sug‘orish usuli qo‘llanilganda yoqilg‘i-moylash materiallari sarfi 54 foizga kamaygan, hosildorlik esa 45 sentnerga yoki qariyb uch barobarga oshgan.

Tasdiqlangan hududiy dasturlarga muvofiq, joriy yilning 9 oyida mamlakat bo‘yicha jami 21 364 ta fermer xo‘jaligining ko‘p tarmoqli faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida tegishli loyihalar amalga oshirilib, ushbu maqsadlarga tijorat banklari tomonidan 1,137 trillion so‘mlik kredit va loyiha ishtirokchilarining mablag‘lari sarflangan. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish natijasida 67 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-yanvardagi qaroriga binoan, hududlarda 16 ta paxta-to‘qimachilik klasteri tashkil qilinib, ularga fermer xo‘jaliklarining qariyb 159 ming gektardan ortiq ekin maydonlari biriktirildi. 2019-yilda mamlakat bo‘yicha 44 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etilishi va ularga fermer xo‘jaliklarining 300 ming gektar yer maydoni biriktirilishi rejalashtirilgan.

Yakunda muhokama etilgan masala yuzasidan kelgusida qo‘mita va Qishloq xo‘jaligi vazirligining o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalari belgilab olindi hamda qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют