» » Angela Merkel samolyoti buzilib qolishining sababi ma’lum qilindi

Angela Merkel samolyoti buzilib qolishining sababi ma’lum qilindi


Germaniya kansleri Angela Merkelning samolyoti buzilib qolishiga Lufthansa aviakompaniyasi aybdor. Bu haqda Spiegel nashri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Airbus A340 samolyoti davlat ehtiyojlari uchun 2009-yilda Lufthansa kompaniyasiga topshirilgan. Kompaniya hukumat xizmat safarlari uchun foydalanadigan samolyotga texnik xizmat ko‘rsatib kelgan.

2010-yilda Lufthansa samolyotning aloqa tizimini yangi Audio Management Unit’ga almashtirgan. Biroq yangi aloqa tizimi o‘rnatilgani haqida na uchuvchilarga, na ishlab chiqaruvchilarga ma’lum qilgan. Aynan shu narsa samolyotda kelib chiqqan nosozliklarni bartaraf etishga to‘sqinlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 29-noyabr kuni Germaniya kansleri Angela Merkelning samolyotida texnik nosozlik aniqlanib, ekipaj ortga qaytishga qaror qilga. Kansler 30-noyabr kuni Argentinadagi G20 sammitiga Iberia aviakompaniyasiga qarashli reysda sammitga yo‘l olgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют