» » O‘zbekistonda bojxona to‘lovlaridan imtiyozdan foydalanishni suiste’mol qilgan korxonadan 753 mln so‘m undirildi

O‘zbekistonda bojxona to‘lovlaridan imtiyozdan foydalanishni suiste’mol qilgan korxonadan 753 mln so‘m undirildi


Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan yirik qonunbuzarlik holati fosh etildi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati ma’lum qildi.

Bojxonachilar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi a’zosi bo‘lgan “Yasmin new tex” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatini o‘rganish davomida ushbu korxona 43,3 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan, jami 95,5 tonna tekstil mato tovarlarini O‘zbekistonga olib kelganligi va unga bojxona to‘lovlaridan jami 753 million so‘m imtiyoz qo‘llanilganligi aniqlandi.

Mazkur tashkilotga bojxona to‘lovlaridan qo‘llanilgan maqsadli imtiyozlar to‘g‘ri qo‘llanilganligi bojxonachilar tomonidan atroflicha o‘rganilib, korxonada ishlab chiqarish mavjud emasligi aniqlandi.

Ushbu tashkilotga aloqador shaxslardan esa davlat budjetiga yetkazilgan 753 million so‘mlik zarar naqd pul shaklida to‘liq undirib olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют