» » Ozbekistonda bojxona tolovlaridan imtiyozdan foydalanishni suiistemol qilgan korxonadan 753 mln som undirildi

Ozbekistonda bojxona tolovlaridan imtiyozdan foydalanishni suiistemol qilgan korxonadan 753 mln som undirildi


Davlat bojxona qomitasi xodimlari tomonidan yirik qonunbuzarlik holati fosh etildi. Bu haqda qomita axborot xizmati malum qildi.

Bojxonachilar Oztoqimachiliksanoat uyushmasi azosi bolgan Yasmin new tex masuliyati cheklangan jamiyati faoliyatini organish davomida ushbu korxona 43,3 ming AQSh dollariga teng bolgan, jami 95,5 tonna tekstil mato tovarlarini Ozbekistonga olib kelganligi va unga bojxona tolovlaridan jami 753 million som imtiyoz qollanilganligi aniqlandi.

Mazkur tashkilotga bojxona tolovlaridan qollanilgan maqsadli imtiyozlar togri qollanilganligi bojxonachilar tomonidan atroflicha organilib, korxonada ishlab chiqarish mavjud emasligi aniqlandi.

Ushbu tashkilotga aloqador shaxslardan esa davlat budjetiga yetkazilgan 753 million somlik zarar naqd pul shaklida toliq undirib olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (28-12-2018, 09:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
:
-
:
20 ... -