» » O‘zbekistonda yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplash uchun jamg‘armalar tuziladi

O‘zbekistonda yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplash uchun jamg‘armalar tuziladi


Hukumat qarori bilan davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Nizomga muvofiq, markazlashtirilgan jamg‘armalar hukumat huzurida respublika miqyosida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida hududiy miqyosda tashkil etiladi.

Respublika jamg‘armasi hukumatning byudjet mablag‘laridan hamda homiylik va xayriya yordamlari mablag‘laridan shakllantiriladi.

Hududiy jamg‘armalar esa byudjet mablag‘lari bilan bir qatorda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida yer uchastkalarini sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi.

Respublika jamg‘armasi va hududiy jamg‘armalar mablag‘laridan quyidagilar uchun foydalaniladi:

Respublika jamg‘armasi mablag‘lari Prezident va hukumatning dasturlari, topshiriqlari asosida yetkazilgan zararlarni qoplash;

Hududiy jamg‘armalar mablag‘lari hokimliklarning tashabbusi bilan yetkazilgan zararlarni qoplash.

Mazkur jamg‘armalarni boshqarish uchun tarkibi hukumat tomonidan tasdiqlanadigan kuzatuv kengashlari tuziladi.

Kuzatuv kengashlarining tarkibiga hokimlar, kadastr boshqarmalari boshliqlari va boshqa mutasaddilar kiritiladi.

Kuzatuv kengashlari tomonidan qabul qilingan qarorlar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют