» » Snapchat egasining aksiyalari savdoning dastlabki soniyalarida 44 foizga o‘sdi

Snapchat egasining aksiyalari savdoning dastlabki soniyalarida 44 foizga o‘sdi


Investorlar Snapchat xizmatiga egalik qiluvchi Snap kompaniyasi aksiyalari savdosining dastlabki soniyalarida qimmatli qog‘ozlar narxini 44 foizga oshirdi. Birinchi savdoda har bir aksiyaning narxi 24 dollarni tashkil qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Kompaniya dastlabki ommaviy savdosini 1-mart sanasida yakunladi. Har bir qimmatli qog‘oz dastlabki ommaviy savdo vaqtida 17 dollardan baholangan bo‘lsa, butun kompaniya esa 24 milliard dollar miqdorida baholandi.

Snapchat’ning dastlabki aksiya savdosi texnologiya sohasidagi eng yirik savdolardan biri bo‘ldi. Kompaniya Twitter’dan qariyb ikki baravar yuqori baholandi.

Snapchat rasm va video yordamida muloqot amalga oshiriladigan ommabop dastur hisoblanadi. Har kuni dasturdan 150 milliondan ortiq kishi foydalanadi. Kompaniya hali o‘z tarixida Snapchat xizmatidan biror kun foyda olmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-03-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 36) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют