» » Farg‘onada ko‘p miqdordagi pirotexnika vositalarini 2100 dollarga sotayotgan “tadbirkor” qo‘lga olindi

Farg‘onada ko‘p miqdordagi pirotexnika vositalarini 2100 dollarga sotayotgan “tadbirkor” qo‘lga olindi


Farg‘onada ko‘p miqdordagi pirotexnika vositalarini 2100 dollarga sotayotgan “tadbirkor” qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Viloyat IIB matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Oltiariq tuman IIB hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida “Yuksalish” MFYda yashovchi A.Sh. o‘z mahallasida maxsus xaridorga 3360 qutida “Mikki Maus” hamda 50 dona “Xlopushka” nomli pirotexnika vositalarini 2100 dollarga sotgan vaqtida ushlandi.

Undan 2100 dollar, qaytim sifatida berilgan 45 dollar, 50000 so‘m va pirotexnika vositalari ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Hozirda holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 57) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют