» » O‘zbekistonda soliq imtiyozlari bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Kelajakda hamma bir xil soliq to‘laydi

O‘zbekistonda soliq imtiyozlari bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Kelajakda hamma bir xil soliq to‘laydi


Ayni paytda “O‘zbekiston” va “O‘zbekiston 24” telekanallari orqali O‘zbekiston Prezidentining parlamentga Murojaatnoma to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etilmoqda.

Prezident o‘z nutqida yangi soliq siyosati haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Soliq ma’muriyatchiligi shunday bo‘lishi kerakki, qo‘shilgan qiymat solig‘i keng joriy qilinsa ham, bu holat iste’mol tovarlarining narxi o‘sishiga olib kelmasligi zarur.

Insofli, halol soliq to‘lovchi tadbirkorlarga rag‘batlantirish choralari ko‘riladi, ammo bundan keyin ham soliq to‘lashdan bo‘yin tovlab yuradigan, yashirincha faoliyat olib boradigan, qora bozorda ishlaydigan tadbirkorlarga jazo choralari esa qattiq bo‘lishi kerak.

Kelajakda hamma bir xil bo‘ladi. Falon firma, falon tashkilotga preferensiyalar bersak, rivojlanish bo‘lmaydi. Shuning uchun soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilishimiz kerak”, — dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют