» » O‘zbekistonda urbanizatsiya darajasi 2030-yilgacha 60 foizga yetkaziladi. Bunga Bosh vazir shaxsan mas’ul bo‘ladi

O‘zbekistonda urbanizatsiya darajasi 2030-yilgacha 60 foizga yetkaziladi. Bunga Bosh vazir shaxsan mas’ul bo‘ladi


O‘zbekiston Prezidentining mamlakat parlamentiga Murojaatnomasi davom etmoqda. Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida poytaxt va viloyat markazlari bo‘lgan shaharlarni emas, avvalo, hududlarda joylashgan shahar va posyolkalarni kompleks rivojlantirish e’tibor markazida turishi kerakligini qayd etdi.

Prezidentning aytishicha, hozir O‘zbekistonda urbanizatsiya darajasi 40 foizga ham yetmaydi. Agar zarur choralar ko‘rilmasa, yaqin yillarda bu ko‘rsatkich yanada pasayishi mumkin. Shu bois mamlakatda urbanizatsiyalash darajasi 2030-yilgacha 60 foizga yetkazish bo‘yicha choralar ko‘rilishi kerak, bunga esa bosh vazir shaxsan mas’ul bo‘ladi.

“Qishloq joylarda namunaviy uy-joylar qurish dasturlaridan bosqichma-bosqich shahar va posyolkalarda ko‘p qavatli uylar qurishga o‘tishimiz lozim. Kommunal-muhandislik infratuzilmasi uy-joylarni qurish bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanishi darkor.

Agar hozirdan choralar ko‘rilmasa, ertaga qishloqlarimizning ahvoliga qarab bo‘lmay qoladi”, — dedi Prezident.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют