» » Damas yutib olish imkoniyatini keyinroqqa surgan “Paxtakor” stadionga talabalarni majburan olib kelishi mumkin

Damas yutib olish imkoniyatini keyinroqqa surgan “Paxtakor” stadionga talabalarni majburan olib kelishi mumkin


O‘zbekiston professional futbol ligasining 1-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” — “Qizilqum” o‘yiniga oliy o‘quv yurtlari talabalari majburan olib kelinishi mumkin. “Tribuna.uz”ning qayd etishicha, poytaxtda tahsil olayotgan 300 dan ziyod talaba mazkur o‘yinga majburan olib kelinadi.

Poytaxt oliy o‘quv yurtlarining har biriga kamida 300 nafar talabani o‘yinga olib kelish vazifasi yuklangan. Aynan qaysi universitet, institut yoki kollej talabalari stadionga kiritilishi bo‘yicha aniq ma’lumotlar berilmagan, deb yozgan nashr. Bunda u vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbaga tayangan, biroq uning nomini oshkor qilmagan.

Avvalroq “Paxtakor” o‘z muxlislari uchun Oliy Liganing bu mavsumida har qachongidan ko‘ra qulayroq sharoitlar yaratib berishni rejalashtirgandi. Xususan, 27-fevral kuni “Paxtakor” matbuot xizmati “Omadli muxlis” aksiyasi haqida e’lon qilgan bo‘lib, chiptasi bor muxlislarda Damas avtomobilini yutish imkoniyati ham bo‘lishini aytib o‘tgandi.

3-mart kuni e’lon qilingan xabarda esa “Paxtakor” Navoiy klubiga qarshi uchrashuvga kirishni bepul qilgani aytildi. Bu mavsumning ochilish o‘yini ekani bilan izohlandi. Shuningdek, o‘z-o‘zidan Damas avtomobili 12-mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Dinamo”ga qarshi bellashuvga qoldi. Stadiondagi barcha qulayliklar haqida manbada boshqa eslab o’tilmagan.

Ma’lumot uchun, “Paxtakor” — “Qizilqum” o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

Oliy liganing qolgan klublari ham o‘zining uy uchrashuvlariga talablarni majburan olib kelishni rejalashtirganmi yoki yo‘q — aniq emas.

Опубликовано: admin (3-03-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют