» » O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan farzandiga qarayotgan onalarga alohida nafaqa turi joriy etiladi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan farzandiga qarayotgan onalarga alohida nafaqa turi joriy etiladi


O‘zbekiston Prezidenti parlamentga Murojaatnomasida pensiya va nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini qayta ko‘rib chiqish, pensiya tizimini tubdan isloh qilish zarurligini aytdi.

Yaqinda ushbu masala bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra 2019-yil 1-yanvardan boshlab ishlaydigan barcha pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanishi belgilandi.

“Pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan 10 barobarigacha oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy etilmoqda. Islohotlarning keyingi bosqichida ushbu cheklovlar butunlay bekor qilinadi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, davlat rahbari parlamentga Murojaatnomasida ayni vaqtda nogironligi bo‘lgan bolalar va ularning oila a’zolarini, o‘n olti yoshgacha davrdagi boquvchisini yo‘qotganlarni ijtimoiy muhofaza qilish masalasi doimo e’tiborda turishi kerakligi lozimligini qayd etdi.

“Ayni vaqtda nogironligi bo‘lgan bolalar va ularning oila a’zolarini, o‘n olti yoshgacha davrdagi boquvchisini yo‘qotganlarni ijtimoiy muhofaza qilish masalasi doimo e’tiborimizda turishi kerak.

Umrini nogiron farzandni parvarishga bag‘ishlagan onalar uchun alohida ijtimoiy nafaqa turini joriy etamiz. O‘ylaymanki, bu adolatdan bo‘ladi. Biz davlat bo‘lib bu onalarga e’tibor bermasak, bu noinsoflik bo‘ladi”, — dedi prezident.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 11:44)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют