» » O‘zbekistonda Vazirlar Mahkamasi a’zolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda Vazirlar Mahkamasi a’zolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash yo‘lga qo‘yiladi


O‘zbekiston Prezidenti o‘z Murojaatnomasida parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini jonlantirish lozimligini ta’kidladi.

“Hozirgi kunda Konstitutsiyaga muvofiq parlament Bosh vazirni tasdiqlaydi. Lekin vazirlarni lavozimga qo‘yishda qatnashmaydi. Shuning uchun Hukumat a’zolari parlament oldida mas’uliyatni yetarli darajada his etayotgani yo‘q. Shu bois Vazirlar Mahkamasi a’zolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyotini kiritishni taklif etaman.

Bo‘lajak vazir parlament a’zolari oldida sohani rivojlantirish bo‘yicha o‘z dasturini himoya qilsin va unga erishish yo‘llarini asoslab bersin. Bir so‘z bilan aytganda, lavozimga munosib ekanini isbotlasin”, — dedi Prezident.

Shuningdek, viloyat hokimini oldin kengash a’zolari tasdiqlaydi, keyin prezident tasdiqlaydi.

“Ayni paytda mahalliy kengashlar viloyat va tuman idoralari rahbarlarini ham tasdiqlash ham xuddi shunday bo‘ladi. Tuman rahbarlari ham, shahar rahbarlari ham, viloyat rahbarlari ham kengash deputatlari tomonidan tasdiqlanishi kerak”, —deya qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida Hukumat faqat kundalik masalalarni hal qiladigan tuzilmaga aylanib borayotganini taassuf bilan qayd etdi:

“Hozirgi kunda Hukumat tarkibiga 160 dan ortiq idora va tashkilotlar kiradi, Bosh vazirning soha va tarmoqlar bo‘yicha 8 nafar o‘rinbosari mavjud. Lekin Vazirlar Mahkamasi va uning tarkibidagi idoralar bugungi islohotlar jarayonida to‘laqonli kuchga aylandimi? Bu savolga, afsuski, ijobiy javob berolmaymiz.

Vazirlar arzimagan masala bo‘yicha ham Bosh vazir oldiga qatnaydi. Oqibatda Hukumat faqat kundalik masalalarni hal qiladigan tuzilmaga aylanib bormoqda”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют