» » Shavkat Mirziyoyev: Viloyatlar boy bo‘lsa, davlat boy bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev: Viloyatlar boy bo‘lsa, davlat boy bo‘ladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlamentga Murojaatnomasida viloyat, tuman va shahar hokimlarida mustaqil qaror qabul qilish imkoniyatlari va tashabbuskorlik chegaralanganini tanqid qildi.

“Hokimlar qarorni Toshkentdan kutadi. Lekin u zamonlar o‘tib bo‘ldi. Endi barcha tashabbuslar tepadan pastga emas, pastdan tepaga kelishi kerak. Prezident apparati esa faqat o‘zining ishini qilsin.

Hokimlarni tayinlagan kengash o‘z aravasini o‘zi tortishi kerak.

Hozir tuman hokimini tayinlash ham prezident apparatiga keladi. Bu yerda qani mustaqillik?

Viloyat va shahar hokimlari, tuman hokimlariga mustaqillik beringlar! Har bir viloyatning budjeti o‘ziga buyursin. Fuqaro boy bo‘lsa, davlat ham boy bo‘ladi. Shu kabi, viloyatlar boy bo‘lsa, davlat boy bo‘ladi”, — dedi Prezident.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют