» » O‘zbekistonda Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslarining yangi loyihalari tayyorlanadi

O‘zbekistonda Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslarining yangi loyihalari tayyorlanadi


O‘zbekiston Prezidenti parlamentga Murojaatnomasida jinoyat qonunchiligini yanada takomillashtirish va liberallashtirish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

Prezident o‘z nutqida amaldagi Jinoyat va Jinoyat protsessual kodekslari qariyb 25 yil oldin qabul qilinganini eslatib o‘tdi.

“O‘tgan davrda hayot o‘zgargani, jamiyatdagi munosabatlar, odamlarning yashash tarzi, ongi, dunyoqarashi o‘zgargani nuqtai nazaridan. Bu kodekslar bugungi kun talablariga javob bermasligi qayd etildi.

Shuning uchun jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni tubdan qayta ko‘rib chiqish lozim. Qonunchilikda har bir jinoyatning belgi va xususiyatlarini, jazo tayinlash mexanizmlarini aniq ko‘rsatish, tergov harakatlarini o‘tkazishga inson omilining ta’sirini imkon qadar kamaytirish zarur”, — deydi Prezident.

Bu borada qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha idoralararo komissiyaga 2019-yil 1-iyulga qadar Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslarining yangi loyihalarini tayyorlash vazifasi yuklatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют