» » Harbiylar onkologiya va gematologiyada davolanayotgan bolajonlarga sovg‘alar ulashdi

Harbiylar onkologiya va gematologiyada davolanayotgan bolajonlarga sovg‘alar ulashdi


Mudofaa vazirligi Tibbiy ta’minot boshqarmasi xodimlari hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakultetining bir guruh kursantlari Respublika onkologiya ilmiy markaziga tashrif buyurib, bemor bolalar holidan xabar oldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Bemorlarga harbiy xizmatchilar tomonidan Yangi yil sovg‘alari ulashildi, iliq, samimiy so‘zlar aytildi.

Shuningdek, Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali jamoasi Toshkentdagi Respublika gemotologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutida bo‘lib, bemorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tashrif davomida mehmonlarga Qorbobo ham hamrohlik qildi va bemorlarga sovg‘a-salom ulashildi. An’anadan farqli o‘laroq Qorboboning muxlislari bu safar bolajonlar emas, balki kattalar bo‘ldi.

Yangi yil arafasida bemorlarga quvonch va yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydigan bu kabi tadbirlar Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari tomonidan mamalakat bo‘ylab o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют