» » Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayeva yangi oilaviy suratlarini taqdim etdi (foto)

Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayeva yangi oilaviy suratlarini taqdim etdi (foto)


Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonov, qaynonasi va farzandlari bilan tushgan suratlarini Instagram’dagi sahifasiga joylashtirdi.

Juftlik 23-dekabr kuni o‘g‘il farzandli bo‘lgan va chaqaloqqa Abubakr deb ism qo‘ygan edi.

“Allohimga hamd-u sanolar bo‘lsin manashu chiroyli baxtimizga baxt qo‘shgan kun ham keldi. Xonadonimizga salkam 1 yillik shirin turmushimiz, muhabbatimizning mevasi Abubakr Siddiq kuni kecha ilk bor yangi mehmon bo‘lib keldilar!

Baxtni ko‘z-ko‘z qilish yaxshilikka olib kelmasligining hayotiy tajribamda, yaqinlarimda ko‘p guvohi bo‘lganman. Shuning uchun ham chiroyli turmushimiz hech kimning nazarida bo‘lishni istamadik. Shu kungacha tinch-totuv yashab kelayapmiz, lekin qarasam oxirgi kunlar haqiqat astalik bilan ochilib, g‘alamis qalbi qora insonlarning quroliga aylanib har xil tuhmat, bo‘htonlar bilan oilamiz sha’niga xunuk gaplar gullay boshladi.

Shuning uchun bugun oxiri baxtimni faqatgina yaxshilar, qalbi toza insonlar bilan bo‘lishishni istadim. Men baxtliman, qaynonam—oyijonimdek, turmush o‘rtog‘imdek qalbi toza, mehribon, insofli diyonatli insonlar hozirda juda kam. Oilada baxtning kalitini esa iymonli turmush o‘rtog‘iga, har qanday vaziyatda ham itoatli bo‘lishda deb bilaman!

Aytib o‘tishim lozimki, biz hech kimning oilasini buzib, turmush qurganimiz yo‘q, baxtini ham tortib olganimiz yo‘q. Biz faqatgina Alloh buyurgan yo‘lda , dunyo qarashlarimiz tog‘ri kelib, qalblarimizni hamda hayotimizni tutashtirdik, xolos! Barcha yaxshilarga faqatgina baxtni va yaxshiliklarni tilab qolaman! Azizlar insonlarga qo‘lingizdan kelsa, yaxshilik qiling, yaxshilik qilish kelmasa, yomonlik ham qilmang. Yaxshilik qilolmagan insoningizga hech bo‘lmasa, yomonlik qilmaslik imkoniyatingiz bor. Insondan faqatgina dunyoda yaxshilik qoladi!”, — deb yozadi Muqaddas Sa’dullayeva.

Ma’lumot uchun, aktyor Yigitali Mamajonovning xonanda Rayhon bilan nikohidan Islom va Imron ismli egizak o‘g‘illari, chimkentlik Nigina ismli qiz bilan turmushidan qizi bor. Muqaddas Sa’dullayeva bilan nikohidan dunyoga kelgan chaqaloq aktyorning to‘rtinchi farzandi.

Aktrisa Muqaddas Sa’dullayevaning birinchi turmushidan Sa’diya ismli qiz farzandi bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют