» » Ekspertlar 2019-yilda talab yuqori bo‘ladigan kasblar ro‘yxatini e’lon qildi

Ekspertlar 2019-yilda talab yuqori bo‘ladigan kasblar ro‘yxatini e’lon qildi


“Superjob” ish qidirish bo‘yicha servisi ekspertlari IT-texnologiyalar sohasidagi bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, yangi 2019-yilda talab katta bo‘ladigan kasblar ro‘yxatini tuzdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

Ularning fikricha, kelgusi yilda iOS va Android ilovalar ishlab chiqaruvchilarga talab kuchli bo‘ladi.

Tahlilchilar shuningdek, turli platforma va saytlar interfeyslarini yaratish bilan shug‘ullanadigan UI/UX-dizaynerlarga talab yuqori darajada bo‘ladi deb hisoblamoqda.

Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ma’lumotlarni tahlil qiluvchi mutaxassislarga bo‘lgan talab ham oshadi. Bu kasb egalariga IT-kompaniyalar, moliya tashkilotlari, savdo va xizmat ko‘rsatish kompaniyalarida talab katta bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют